Euronews telekanalida Uzbekistan Life turkumidagi ko‘rsatuvlarning uchinchisi − “Xiva: sahro darvozasi” nomli ko‘rsatuv namoyishi boshlandi.

Besh daqiqali reportajda “Qizilqum cho‘li darvozasi, Buyuk Ipak yo‘lining eng olis shaharlaridan biri, qadimiy yodgorliklar qo‘riqxonasi, muhim arxeologik maydon bo‘lgan Xiva shahri” haqida hikoya qilinadi.

Reportajda YuNESKOning Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatidan o‘rin olgan Ichaqal’a, Xiva nonlari, shaharda uchraydigan zardushtiylik bilan bog‘lkiq belgilar, shuningdek, Xiva yaqinida joylashgan Ayozqal’a va Tuproqqal’a yodgorliklari haqida so‘z boradi.

Eslatib o‘tamiz, Euronews telekanalida Uzbekistan Life turkumida 28-oktabr − 1-noyabr kunlari Samarqandga bag‘ishlangan yangi ko‘rsatuv efirga chiqqan bo‘lsa, 25-dekabrdan Buxoro haqidagi ko‘rsatuv namoyish etilishi boshlanishi xabar berilgan edi.