Moskva viloyatida yosh qizchani garovga olishda ayblanayotgan kishining shaxsi aniqlandi, deb xabar bermoqda “TASS”. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillarining so‘zlariga ko‘ra, bu 22 yoshli toshkentlik Rustam Odilov ekanligi ma’lum bo‘lgan.
Qayd etilishicha, 22-dekabr kuni Moskva vaqti bilan soat 17:00 atrofida noma’lum shaxs Naxabinodagi uyga bostirib kirib, uydagi qari ayolni chiqarib yuborgan va uning qiz nevarasini qoldirib, uyda qulflanib olgan. Yonida pnevmatik quroli bo‘lgan shaxs hech qanday talabni ilgari surmagan.
U hojatxonaga kirib pasportlarni yoqishga uringan. Uy derazalariga esa kechirim so‘rab murojaat qilingan yozuvlarni ildirib chiqqan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga mashinada bir erkak kelib, ular bilan muzokaralarga kirishishini ma’lum qilgan. Bunday bo‘lmasligiga oydinlik kiritilgach, Rossiya Ichki ishlar vazirligi, Federal xavfsizlik xizmati va Tergov qo‘mitasi qo‘shma operatsiyani amalga oshirgan.
Qutqarib olingan to‘qqiz yoshli qizchaga hech qanday zarar yetmagan. U operatsiya vaqtida boshqa xonadaga isitish tizimiga kishanlab qo‘yilgan bo‘lgan. Jinoyatchi esa oyog‘idan yaralangan va shifoxonaga yotqizilgan.
Izoh (0)