O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga noyabr oyida rahbar etib tayinlangan Jungxun Cho bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda UzDaily.
Jungxun Cho Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi lavozimida so‘nggi to‘rt yil mobaynida ishlagan Takayu Kamatani almashtirgani qayd etilgan.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi va Jahon banki o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati masalalari muhokama qilindi, qo‘shma loyihalarni amalga oshirilishining borishi ko‘rib chiqildi.
Izoh (0)