Toshkent metropoliteni bekatlaridan birining xodimlaridan iborat jinoiy to‘da uch yil davomida turniketlar tomonidan hisoblanmagan jetonlar savdosi bilan shug‘ullanib kelgani fosh etildi, deb xabar bermoqda “Na postu” gazetasi.
Qayd etilishicha, metro bekati rahbari boshchiligidagi guruh ikki nafar katta operator, ikki nafar operator, eskalator bo‘yicha navbatchi, nazoratchi va elektromexanikdan iborat bo‘lgan. Jinoyatchilar turniketlarning hisoblagichini buzish evaziga hisoblanmagan jetonlarni sotishdan foyda olib kelgan.
Toshkent metropoliteni rahbariyati ichki tekshiruv vaqtida ushbu xodimlar ish vaqtida turniketlardan o‘tuvchi jetonlar soni ushbu stansiyaning boshqa xodimlari ish vaqtidagidan sezilarli farq qilishi shubha uyg‘otgan. Tekshiruvlar natijasida ushbu jinoiy to‘da uch yil davomida 10 millionlab mablag‘ni o‘zlashtirib yuborgani aniqlangan. Ushbu ish yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)