Kataloniyaning “Barselona” klubi jamoa hujumchisi Neymar bilan amaldagi shartnomani 2022-yilgacha uzaytirish niyatida, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
Ayni damda, kataloniyaliklar bu borada futbolchining agenti bilan muzokaralarni boshlagan.
Neymarning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2018-yilgacha tuzilgan. Ammo klub murabbiylar shtabi futbolchi ko‘rsatayotgan o‘yindan mamnun bo‘lib, shartnomani yana uzaytirishni mo‘ljallamoqda. Klub rahbariyati ayni damda 22 yoshni qarshi olgan braziliyalik futbolchini “Barselona” uchun juda muhim o‘yinchi deb hisoblamoqda.
Xabarlarga ko‘ra, klub Neymarga 2022-yilgacha mo‘ljallangan va moliyaviy shartlari ancha yaxshi bo‘lgan yangi shartnoma taklif etadi.
Izoh (0)