Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Pirotexnika vositalarini respublika hududiga noqonuniy ravishda olib kirish, tashish, saqlash, sotish va foydalanishning oldini olish maqsadida Andijon viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda doimiy chora-tadbirlar olib borilmoqda, deb xabar beradi Andijon viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.

Andijon shahri manzaralaridan biri. Foto: Flickr

Andijon shahri manzaralaridan biri. Foto: Flickr

Jumladan, Andijon aeroportida faoliyat yuritayotgan bojxonachilar tomonidan Moskva — Andijon yo‘nalishi bo‘yicha parvozini yakunlagan fuqaroning qo‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovi paytida qayd qilinmagan ikki turdagi 56 dona pirotexnika vositasini olib kirishga uringani fosh qilindi.

Marhamat tumanining qo‘shni davlat bilan chegaradosh hududida qarovsiz qoldirilgan yuklar huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan xolislar ishtirokida va amaldagi tartiblarga muvofiq ko‘zdan kechirilganda, bu O‘zbekiston hududiga yashirincha olib kirishga mo‘ljallangan 23 dona bankaga joylashtirilgan pirotexnika vositalari bo‘lib chiqdi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi