Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 17-dekabr kuni Milliy teleradiokompaniya tuzilmasida “Mahalla” nomli yangi 24 soatlik raqamli respublika ma’rifiy teleradiokanalini yaratish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Foto: mtrk.uz

Foto: mtrk.uz

Yangi kanal respublika aholisini, ayniqsa yoshlarni demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishda, ijtimoiy muammolarni yechishda mahalla institutining roli va ahamiyati haqida xabardor qilish, mahallalarning turli sohalardagi tajribasini aholiga yetkazish kabi maqsadlarda tashkil qilinayotgani qayd etilgan.

Yangi teleradiokanal xodimlari sonining chegarasi 154 birlik (bundan 10 birlik − rahbar xodimlar) bo‘lib, ularning 91 nafari MTRK tarkibidagi korxona va tashkilotlarning xodimlari sonini takomillashtirish hisobiga shakllantiriladi. Shuningdek, “Mash’al” radiokanali ixtiyoridagi xodimlari bilan “Sport” teleradiokanalidan “Mahalla” kanali tarkibiga o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Turkmaniston O‘zbekistonga tekinga gaz yetkazib beradi 
Mahalliy
Toshkentda ko‘prik ustidagi “Gazel” yonib ketdi (video)
Biznes
Rossiyadan Osiyoga ko‘mir eksporti narxi oshgani ma’lum qilindi