Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘tkazayotgan yillik matbuot anjumani vaqtida rublning qiymati keskin qadrsizlanishi kuzatilmoqda. Bu haqda Moskva birjasi ma’lumotlariga tayanib “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Toshkent vaqti bilan soat 14:49 da 1 yevroning qiymati 78,45 rublga, 1 dollar esa 63,25 rublga teng bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 18-dekabr kuni valyuta oldi-sotdisi boshlanishi vaqtida dollar kursi 58, yevro 72 rublgacha tushgan edi.
Izoh (0)