Rossiya Markaziy banki dollar va yevroning 19-dekabr uchun rasmiy kursini pasaytirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Shunday qilib, 19-dekabr uchun dollarning rasmiy kursi 59,6029 rublni tashkil etadi − bu avvalgi rasmiy kursdan 8,1822 rublga kam demakdir. Yevro rasmiy kursi esa 11,2476 rublga pasytirilib, 73,3414 rubl qilib belgilandi.
Ikki valyutali savatda rasmiy kurs 9,5617 rublga pasaytirilib, 65,7852 rubl etib belgilandi.
Izoh (0)