Moskvadagi qator banklarning valyuta ayirboshlash shoxobchalari valyuta yetishmovchiligi tufayli dollar va yevro oldi-sotdisini to‘xtatdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Kichik banklar ofislarida mijozlarni valyuta ayirboshlash xizmati ishlamasligidan darhol ogohlantirishmoqda. Yirik banklar filiallarida esa uzun navbatlar hosil bo‘lgan, biroq ularning ham aksariyatiga valyuta ayirboshlash uchun rad javobi berilmoqda. Kassalardin birida bugungi valyuta tugagani, ertaga yangi buyurtma berilgani, biroq ayirboshlash bo‘lish-bo‘lmasligi aniq emasligi ma’lum qilingan.
Moskva valyuta ayirboshlash shoxobchalarida dollar 61−65 rubldan olinib, 75−80 rubldan sotilmoqda, yevro esa 80−85 rubldan olinib, 95−100 rubldan sotilmoqda. Avvalroq viloyatlardagi banklarda valyuta tugagani ma’lum qilingan.
Izoh (0)