Vengriyaning Dyor shahrida shaxmat bo‘yicha 16 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida Butunjahon yoshlar shaxmat olimpiadasi (World Youth U-16 Chess Olympiad 2014) davom etyapti. Kecha, 16-dekabr kuni musobaqada 5-tur uchrashuvlari o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Shaxmat Olimpiadasida 21-raqam ostida tasniflangan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 5-turda Vengriyaning birinchi raqamli jamoasiga qarshi dona surdi.
Uchrashuvda kuchli hisoblangan mezbonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bu O‘zbekiston terma jamoasining ilk mag‘lubiyati bo‘ldi. Tan olish kerak, raqib jamoa shaxmatchilari reytingda O‘zbekiston yoshlaridan ancha yuqorida joylashgandi.
5-tur natijalari:
- Benjamin Gledura IM (2450) — Ortiq Nig‘matov (2236): 0,5:0,5
- Benche Korpa IM (2415) — Nodirbek Yoqubboyev (2144): 0,5:0,5
- Gergeli Kantor IM (2385) — Bahora Abdusattorova WFM (2216): 1: 0
- Tibor Kende Antal FM (2292) — Nodirbek Abdusattorov FM (2186): 1:0
Izoh (0)