Higer kompaniyasining ikki qavatli sayohat avtobuslari Toshkentga Shanxaydan 9000 kilometr yo‘l bosib keldi. Bu haqda O‘zbekiston poytaxtida avtobus sayohatlarini tashkillashtiruvchi Aznur Travel kompaniyasi bosh direktori Ulug‘bek Nurmatov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 15-dekabr kuni yetib kelgan qizil rangli dastlabki ikki avtobus tegishli rasmiylashtirish jarayonlari o‘tkazilib, tashqi ko‘rinishi kerakli holga keltirilgach, shahar aholisi va mehmonlariga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Qayd etilishicha, avtobuslar O‘zbekiston uchun maxsus ishlab chiqilgan. Jumladan, Yevropada bunday avtobuslarning balandligi 4,3-4,4 metrgacha bo‘lishi ruxsat etilgan bo‘lsa, O‘zbekistonda bu me’yor 4 metr ekanligi inobatga olingan.
Aznur Travel kompaniyasi sayyohlik avtobuslari sonini 15 taga, yo‘nalishlar sonini esa 3 taga yetkazishni rejalashtirgan. Navbatdagi ikki avtobus 2015-yilning mart-aprel oylarida Toshkentga yetib kelishi mo‘ljallangan.
Izoh (0)