O‘zbekistonda 2015-yil 1-yanvardan boshlab transport vositalari yonilg‘isi uchun soliq oshiriladi, deb xabar bermoqda “Kun.uz”.
“Gazeta.uz”ning xabar berishicha, 2015-yil uchun soliq stavkalarining eng yuqori ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov tomonidan 4-dekabr kuni imzolangan qaror bilan tasdiqlangan.
Unga ko‘ra, benzin va dizel yonilg‘isi iste’moli uchun soliq miqdori 25 so‘mga (bir litr uchun 265 so‘mdan 290 so‘mgacha), suyultirilgan gaz – 20 so‘mga (bir litr uchun 180 so‘mdan 200 so‘mga), siqilgan gaz ham 20 so‘mga (bir kubometr uchun 220 so‘mdan 240 so‘mga) oshiriladi.
Avtomobil yonilg‘isi iste’moli uchun soliq stavkalari butun O‘zbekiston hududi uchun yagona hisoblanadi.
Izoh (0)