Kiyev yadroviy davlat maqomini tiklamoqchi emas. Bu haqda Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Avstraliyaning ABC telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
“Yo‘q, bu butunlay mas’uliyatsizlik bo‘lar edi. Ishoning, hozirgi zamonda − 21-asrda xavfsizlik masalalari kuchayishi yadro energetikasi bilan bog‘liq emas. Bu 20-asr texnologiyasi. Biz zo‘ravonni hammamiz birlashibgina, butun dunyo ham Ukrainadagi kabi birdamlik ko‘rsatsagina yenga olamiz”, − dedi Poroshenko.
Avvalroq Qrim va Ukraina sharqidagi mojarolar tufayli ukrainalik ba’zi siyosatchilar Kiyevning yadroviy davlat maqomini tiklashni taklif qilgan edi. Eslatib o‘tamiz, Ukraina 1994-yilda Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomani imzolab, Sobiq Ittifoqdan meros bo‘lib qolgan yadro arsenalidan voz kechgan edi.
Izoh (0)