9-dekabr kuni Toshkent shahridagi 1-sonli Muruvvat uyida Janubiy Koreyaga o‘quv tashrifini amalga oshirib, bu mamlakatdagi internatlarning tajribalarini o‘rgangan muassasalarning rahbarlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda UzReport.
Qayd etilishicha, joriy yilning avgust oyida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilsih vazirligi va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) o‘rtasida imzolangan kelishuv bo‘yicha 24-noyabrdan 7-dekabrgacha Muruvvat uylari rahbarlari Janubiy Koreyadagi bunday muasssalarning tajribalarini o‘rganib qaytgan.
Ushrashuv ishtirokchilari pedagoglar oilalar bilan ko‘proq ishlashi lozimligini ta’kidlagan. Imkoniyati cheklangan bolalar ham birinchi navbatda oila bag‘rida ulg‘ayishi lozimligi e’tirof etilgan. Eng asosiysi esa, ota-onalarni nogiron bolalarni maxsus muassasalarga topshirishga undayotgan jamiyatimizda haligacha mavjud bo‘lgan salbiy munosabatni yo‘qotish lozimligi aytilgan.
Tadbirda Muruvvat uylari faoliyatida innovatsion texnologiyalardan foydalanish zarurligi, quyosh batareyalari yordamida muassasalarning o‘z xo‘jaliklarini tashkillashtirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Izoh (0)