Qashqadaryo viloyatidagi Shahrisabz shahrida yirik ko‘lamdagi rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda, deya xabar berdi “Gazeta.uz”. Ishlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-fevraldagi “Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan olib borilmoqda.
Shaharning tarixiy-arxitekturaviy va turizm salohiyatini har tomonlama rivojlantirish maqsadida tarixiy obidalarni restavratsiya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, “Koba” karvonsaroyi, “Chubin” madrasasi, Kunchiqar masjidi, Hovuzi Mardon, Kunduzak, “Molik Ajdar” masjidlari, “Abdushukur og‘aliq” madrasasi ta’mirlanib, hunarmandchilik markazlari tashkil etiladi.
Izoh (0)