O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida Toshkentda o‘tkazilgan muzokaralar yakunida to‘rtta hujjat imzolandi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot xizmati ma’lumot bergan.

Foto: kremlin.ru

Foto: kremlin.ru

  1. Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi hukumatlari o‘rtasidagi 2015−2019-yillarda iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi bitim;
  2. Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi hukumatlari o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy talablar va majburiyatlarni tartibga solish to‘g‘risidagi bitim;
  3. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Rossiya Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasidagi 2015-yil uchun hamkorlik dasturi;
  4. Rossiya narkotik moddalar muomalasi nazorati federal xizmati va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi o‘rtasida noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan narkotik vositalar va psixotrop moddalarning tadqiqotlari natijalarini almashish to‘g‘risidagi bayonnoma.