Ayni kunlarda Dubay shahrida navbatdagi yig‘inini o‘tkazayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi 10-dekabr kuni BAAning “Al Shaab” klubiga qarshi o‘rtoqli o‘yinini o‘tkazadi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi matbuot xizmati.
Qayd etish lozim, rejaga ko‘ra Mirjalol Qosimov shogirdlari shu kuni Quvayt terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishi lozim edi. Ammo, Quvayt terma jamoasi Osiyo Kubogi bahslariga tayyorgarlik rejasi o‘zgargani sababli ushbu uchrashuvda ishtirok eta olmasligini bildirgan. Shundan so‘ng, terma jamoa rasmiylari BAAning “Al Shaab” klubi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish borasida kelishuvga erishdilar va mazkur uchrashuv 10-dekabr kuniga belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, milliy terma jamoaning Dubaydagi ilk yig‘ini 14-dekabr kunigacha davom etadi. Ikkinchi yig‘in esa 17−29-dekabr kunlariga mo‘ljallangan.
Izoh (0)