O‘zbekiston milliy terma jamoasi BAAda o‘tkazilayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini rejasiga ko‘ra 10-dekabrda Quvayt terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi lozim edi. Ammo bu o‘yin o‘tkazilmaydigan bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
Qayd etilishicha, Quvayt tomoni ushbu uchrashuvdan bosh tortgan. Shundan so‘ng tashkilotchilar shoshilinch ravishda BAAning “Al Shaab” klubi bilan o‘rtoqlik o‘yini borasida kelishuvga erishgan. Eslatib o‘tamiz, o‘z vaqtida bu klub sharafini o‘zbekistonlik legionerlar Temur Kapadze va Oybek Qilichev himoya qilgan edi.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozim, O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘in doirasida Yangi Zelandiyaning “Oklend” klubiga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazgan va 0:0 hisobida durang natija qayd etgandi.
Izoh (0)