Ertaga, 10-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilinganiga 22 yil to‘ladi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov she’ri, O‘zbekiston xalq artisti, atoqli kompozitor Mutal Burhonov musiqasi asosida yaratilgan Davlat madhiyasi da’vatkor kuchga ega. U xalq va millatni birlashtirish, insonlarni yangi-yangi zafarlarga undashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan 1992-yil 10-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi qonunda belgilanganidek, madhiya davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir. O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, mamlakatda yashab turgan boshqa shaxslar ham madhiyani hurmat qilishi shart.
Izoh (0)