Yer yuzasini masofadan turib zondlashtiruvchi CBERS -4 sun’iy yo‘ldoshi Xitoy shimolidagi Shansi provinsiyasida joylashgan Tayyuan kosmodromidan uchirildi. Bu haqda “Sinxua” axborotiga asoslanib “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
Ushbu yo‘ldosh bortida bo‘lgan “Buyuk yurish-4B” (“Chanchjen-4Bi”, Long March-4B) tashuvchi raketasi 7-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 8:26 da uchirilgan va apparatni orbitaga olib chiqqan. Bu ushbu turdagi raketalarning 200-marta uchirilishidir.
Apparat 1988-yilda boshlangan “Yer resurslarini tadqiq qilish bo‘yicha xitoy-brazil sun’iy yo‘ldoshi” (Chinese-Brazilian Earth Resource Satellite, CBERS) dasturi doirasida Xitoy va Braziliya tomonidan tayyorlangan. CBERS seriyasidagi sun’iy yo‘ldoshlar o‘rmonlarni saqlab qolish, atrof-muhitni muhofaza qilish va qishloq xo‘jaligi yuritish maqsadlarida Yer yuzasini monitoring qilish uchun foydalaniladi.
Izoh (0)