4-dekabr kuni Checheniston poytaxti Grozniy shahriga hujum qilgan terrorchilar guruhiga qarshi kurash chog‘ida respublika rahbari Ramzan Qodirovning 22 yoshli jiyani Umar Qodirov qahramonlarcha shahid bo‘ldi. Bu haqda Checheniston prezidenti o‘zining Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Kun”.
Ramzan Qodirov o‘z qarindoshining o‘limidan chuqur qayg‘uda ekanini bildirib, uning o‘z dini va xalqi uchun qurbon bo‘lganini ta’kidladi. Uning ma’lum qilishicha, marhumning dafn marosimi oliy darajada tashkillashtirilgan.
Tadbirda Qodirov oilasining barcha vakillari ishtirok etdi. Xususan, oilaning eng yoshi ulug‘ vakili, ulamolar kengashi rahbari Xo‘ja Ahmad Qodirov ham shu yerda bo‘lib, nutq so‘zladi. Qayd etilishicha, u o‘z nutqida vahobiylarni “shayton malaylari” deb atab, barchani bunday gunohkorlarga qarshi kurashishga chaqirgan.
Xabarlarga ko‘ra, marhumning otasi Mavlud Qodirov voqea sodir bo‘lishidan bir kun oldin o‘g‘li bilan uchrashib, unga “Vatan va din himoyasi” uchun oq fotiha bergan.
Izoh (0)