O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 22 yilligiga bag‘ishlangan yosh rassomlar ko‘rgazmasi ochildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.
Nukus shahridagi 16-umumta’lim maktabi, 33-ixtisoslashtirilgan maktab hamda 1-bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari tomonidan yaratilgan 180 dan ziyod grafika, mo‘yqalam, amaliy san’at asarlari namoyish etilayotgan ko‘rgazmada O‘zbekistonning boy tarixi va bugungi kuni o‘z ifodasini topgan.
Ko‘rgazmada Doston Abdumuratovning “Natyurmort”, Nilufar Annaqulovaning “Peyzaj”, Omonboy Qaypnazarovning “Koinot”, Nag‘metulla Hamidullayevning “Kuz”, “Qishdagi ovul” kartinalari, shuningdek, Feruza Yembergenova, Nasiba Matnazarova, Mehribon Zarimova, Guli va Dilbar Atauboyevaning milliy kashtachilik buyumlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirmoqda.
Izoh (0)