Roosiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin o‘zining Turkiyaga safari davomida Anqarada o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Janubiy oqim” loyihasida ishtirok etishdan bosh tortgan Bolgariyani tanqid qildi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
“Bolgariyalik hamkasblarim menga nima bo‘lsa ham ‘Janubiy oqim’ loyihasini amalga oshirishlarini, chunki bu ularning milliy manfaatlariga to‘g‘ri kelishini aytgan edi. Afsuski bunday bo‘lmadi. Agar Bolgariya o‘zini suveren davlat sifatida tutish imkoniyatidan ayrilgan bo‘lsa, hech bo‘lmasa o‘zlari quruq qolgan foyda uchun Yevropa komissiyasidan pul talab qilib ko‘rishsin-chi”,
Shuningdek, u Bolgariya ushbu loyihada ishtirok etishdan bosh tortishi oqibatida ushbu mamlakat gaz tranzitidan yiliga kamida 400 million yevrolik to‘g‘ridan-to‘g‘ri daromad davlat byudjetiga tushishidan quruq qolishini ma’lum qildi.
Izoh (0)