O‘zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi Meksikada davom etayotgan JCh-2014 bahslari guruh bosqichi 2-turida Irlandiya terma jamoasi ustidan 6:1 hisobida g‘alaba qozondi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi matbuot xizmati.
Mavzur Umarxo‘jayev qo‘l ostidagi O‘zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi 1-dekabr, dushanba kuni Irlandiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi.Uchrashuv taqdiri birinchi bo‘limdayoq hal qilib bo‘lingandi − 1-taymni 5:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlagan O‘zbekiston futbolchilari yakunda 6:1 hisobida zafar quchishdi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqadagi dastlabki uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi Ukraina ustidan 7:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Guruh bosqichining so‘nggi turida Braziliya terma jamoasiga qarshi bahs olib boriladi. Uchrashuv 2-dekabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Mavzur Umarxo‘jayev bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi nogiron-amputantlar o‘rtasida amaldagi jahon chempioni sanaladi va terma jamoa Meksikadagi Jahon chempionatida o‘z unvonini himoya qiladi.
Ma’lumot o‘rnida, Meksikaning Kuliakan shahri mezbonlik qilayotgan Jahon chempionatida jami 22 ta terma jamoa ishtirok etmoqda.
Izoh (0)