Toshkent shahrining Qo‘yliq dahasida avtomobil o‘g‘riligi sodir etildi. Bu haqda O‘zbekiston IIVning “Postda” gazetasiga tayanib, “Kun” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bir fuqaro o‘ziga tegishli “VAZ” rusumli avtomashinasini Qo‘yliq dahasida qarovsiz qoldirib ketgan. Mashinaning qarovsiz qolganidan foydalangan Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro esa uni olib qochgan.
“VAZ”ning egasi hodisa haqida zudlik bilan ichki ishlar organlariga ma’lum qilgan. Avtomobil Qumariq mahallasidan topilgan.
“Tez orada avtomashinani olib qochib, keyin Qumariq mahallasiga tashlab ketgan zangiotalik ham qo‘lga olindi”, — deyiladi gazeta xabarida.
Hozirgi vaqtda ushbu holatga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)