Uch yildan so‘ng O‘zbekiston quyosh energetikasi rivojlanganligi darajasi bo‘yicha yetakchi davlatlar yettitaligiga kirishi mumkin bo‘ladi, deb yozadi “Pravda Vostoka”. Ushbu sohadagi eng yirik investitsiyaviy loyihalardan biri esa dunyo 30 taligiga kirishi mumkin.
O‘tgan yili Samarqandda boshlangan quvvati 100 MVtga teng quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishi 2017-yil oxirigacha tugallanadi. Ulkan loyiha rejasi bo‘yicha, stansiya maydoni 400 gektarni tashkil etadi, bu standart kattalikdagi 570—600 ta futbol maydoniga tengdir.
Ayni paytda yana bir nechta yirik quyosh elektr stansiyalarini bunyod etish bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqilmoqda.
Izoh (0)