Hozirgacha Termiz shahar IIB xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi tomonidan 15 mingdan ortiq fuqaroga yangi biometrik pasport berildi. Bu haqda O‘zbekiston IIVning “Postda” gazetasiga tayanib, “Kun” xabar bermoqda.
Ayni vaqtda shaharda o‘tkazilgan tekshirishlar mobaynida 300 nafardan ziyod kishi pasportsiz yashayotgani, 257 kishining pasportida esa amal qilish muddati yakuniga yetgani aniqlangan. “Ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi”, — deyiladi gazeta xabarida.
Bundan tashqari, olti kishi yashash joyida ro‘yxatdan o‘tmay, pasport tartibini buzib yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham aniqlanib, ular O‘zbekiston hududidan chiqarib yuborilgan.
Umuman, Termiz shahar IIB XChKFRB tomonidan pasport qoidasini buzganlarga nisbatan jarimalar solinib, 78 million so‘mdan ortiq mablag‘ undirilgan.
Izoh (0)