2014-yilning 30-noyabr kuni AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi Nisha Desai Bisval boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahriga O‘zbekiston — AQSh siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundida ishtirok etish uchun kelmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy saytida xabar berildi.
AQSh delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasi Hukumati, Oliy Majlisi Senati hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ham rejalashtirilgan.
Izoh (0)