Yaponiya shimolidagi Xokkaydo orolida joylashgan Asaxikava shahri politsiyasi hafta boshidan beri 16 mingta yangi yil otkritkasini o‘g‘irlashga ulgurgan 27 va 34 yoshli ikki kishini qo‘lga olganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Jinoyatchilar odatda faqat bir sotuvchi ishlaydigan 24 soat xizmat ko‘rsatuvchi kichik do‘konlarni o‘margan. Ulardan biri sotuvchini gapga solib turgan vaqtda ikkinchisi asosiy ish bilan shug‘ullangan. Ular jami 26 do‘kondan 16 mingta otkritka o‘g‘irlashga erishgan.
27-noyabr, payshanba kuni ular advokat hamrohligida politsiya mahkamasiga kelib, o‘z aybini tan olgan va “o‘lja”ni topshirgan. Ular o‘rtacha narxi yarim dollar turadigan otkritkalarni sotib pul ishlash maqsadida o‘g‘irlaganini ma’lum qilgan.
Izoh (0)