“Transformerlar” filmidagi bosh rol ijrochisi Shayya Labaf ichkilikbozlikdan majburiy ravishda davolanmoqda, deb xabar berdi “Vesti.ru”.
28 yoshli aktyor 2014-yil yozida “Kabare” myuziklida tartibsizlik uyushtirgani uchun qo‘lga olinib, majburiy davolanishga jo‘natilgan. 25-noyabr kuni u davolanayotganini ko‘rsatish uchun Nyu-York sudiga keldi.
Soch-soqoli to‘liq qirilgan aktyor harbiy mashg‘ulot kiyimida bo‘lgan. Qayd etilishicha, sudya Labafning tartibli tashqi ko‘rinishidan hayratga tushgan. U rasmiylarga davolanish kursini o‘tayotgani haqidagi hujjatlarni taqdim etgan.
Hozirda Labaf 2015-yilda ekranlarga chiqishi kutilayotgan Man Down filmida suratga tushmoqda.
Izoh (0)