Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi “Mirzaobod universal trayd” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli issiqxonada kivi ko‘chatlari o‘tqazish, uning nihollarini maxsus tuvaklarga joylangan holda xorijdan keltirish mo‘ljallanmoqda. Bu haqda “Xalq so‘zi” gazetasiga tayanib, “Uz24.uz” xabar bermoqda.
Umumiy maydoni to‘rt gektarni tashkil etuvchi mazkur issiqxonada hozirda limon daraxtlari o‘stirilmoqda. Shuningdek, bu yerda pomidor va bodring ham yetishtirilib, mahalliy bozorlarga yetkazilmoqda.
Aytish lozimki, issiqxona loyihasining qiymati 4 milliard 600 million so‘mni tashkil etadi.
Izoh (0)