O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi masjid imom-xatiblari o‘rtasidagi “Yil imomi” ko‘rik tanlovining yakuniy, Respublika bosqichi 2014-yil 26-noyabr kuni O‘MI majlislar zalida bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Info.islom.uz”.
Umumiy 337 ball to‘plagan Toshkent shahri “Imomi Ali” jome’ masjidi imom-xatibi Sharipov Salohiddin birinchi o‘ringa hakamlar hay’ati tomonidan loyiq topildi hamda O‘MIning 1 darajali diplomi va kompyuter jihozi bilan taqdirlandi.
Imom-xatiblar o‘rtasida o‘tkazilgan “Yil imomi” tanlovi o‘tgan yilgi tanlovdan har tomonlama yuqori saviyada tashkil etilganligi va shunga monand imom-xatiblar saviyasi o‘rta holda deb baholandi va O‘MI raisi U. Alimov tomonidan kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Izoh (0)