Vyetnam poytaxti Xanoy shahridagi Hanoi Opera House zalida “Osiyo-Yevropa” xalqaro musiqiy festivali bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Kultura.uz”. Unda o‘zbekistonlik taniqli bastakor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Rustam Abdullayev ham ishtirok etdi.
Uning “Muhabbat qo‘shig‘i” deb nomlangan yangi simfonik uvertyurasi festivalning ochilish dasturiga kiritildi hamda marosim ishtirokchilari va mehmonlari tomonidan yuqori baholandi.
Bastakor Abdullayevga musiqiy madaniyat rivojlanishiga qo‘shgan hissasi uchun Vyetnam ordeni topshirildi.
“Osiyo-Yevropa” festivaliga 30 mamlakat, jumladan Osiyo davlatlari, Fransiya, Yangi Zelandiya va Avstraliya vakillari ishtirok etdi.
Izoh (0)