Toshkent shahridagi “Fleshka” savdo majmuasida sotilayotgan Huawei smartfonlarining narxlari Mobinfo.uz sayti tomonidan e’lon qilindi. Bu haqda “Parol” nashri xabar berdi.
Unga ko‘ra ushbu majmuada eng qimmat Huawei smartfoni Ascend P7 bo‘lib, u 1 300 000 so‘mdan sotilmoqda. Ascend P7 gadjeti 4G LTE modulida ishlaydigan smartfonlar orasida eng ingichkasi hisoblanadi.
Unda 5 dyuymli FullHD displey, 1,8 GGs chastotaga ega to‘rt yadroli protsessor, Mali 450 videokartasi, 2 Gb tezkor va kengaytirish mumkin bo‘lgan 16 Gb ichki xotira, 2500 mA·soat quvvatga ega batareya, 8 megapikselli old va 13 megapikselli orqa kamera, Android 4.4 KitKat operatsion tizimi o‘rnatilgan.
Batareyasining quvvati tinimsiz gaplashilganda 14 soatga yetadi. Uning o‘lchamlari 13,9×6,8×6,5 milimetrni, og‘irligi esa 124 grammni tashkil etadi. “Fleshka” savdo majmuasida sotilayotgan barcha Huawei smartfonlarining narxlari bilan “Parol” nashrining ushbu maqolasida tanishsangiz bo‘ladi.
Izoh (0)