Angliya terma jamoasi 2018 va 2022-yillarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati musobaqalarini boykot qilmochi emas, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
Bu haqda Angliya futbol assotsiatsiyasi bosh kotibi Aleks Xorn ma’lum qildi. Bundan avvalroq, Angliya futbol assotsiatsiyasi sobiq rahbarlari Devid Bernshteyn va Devid Trisman Rossiyada o‘tadigan jahon chempionatini boykot qilishga chaqirgan edi.
“Jahon chempionati — ajoyib musobaqa va biz unda ishtirok etamiz. Ikkita musobaqaga qarshi boykot e’lon qilish — bu ‘nonsens’. Men Angliyani bu musobaqalarni boykot qilishini tasavvur qila olmayman”, — deya Xornning so‘zlarini keltiradi BBC.
Izoh (0)