Gollivud kaskadyori Mayk Rayan 16 tonnali yuk mashinasida 42 metrga uchib, bunday texnikada sakrash bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
https://www.youtube.com/watch?v=TVBcEg6klJI
Yuk mashinasi Formula − 1 bolidi ustidan sakrab o‘tgan. Tryuk 113 kilometr / soat tezlikda bajarilgan. Mashina 25 metr balandlikkacha ko‘tarilgan. Hozirgacha bunday tryukni hali hech kim amalga oshirmagani qayd etilgan.
Videorolik EMC-texnologiyasi reklamasi uchun olingan bo‘lib, u tryukda sportkari ishlatilgan Buyuk Britaniyaning Lotus F1 jamoasida foydalaniladi. Lotus F1 Fransiyaning Renault zavodi jamoasining davomchisi hisoblanadi.
Izoh (0)