“Everton” hujumchisi Samuel Eto’O uylandi. To‘y marosimi Italiyaning uncha katta bo‘lmagan Komo shahrida bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Stadion.uz” Sky Sport Italia ma’lumotiga tayanib.
33 yoshli futbolchi shu paytgacha birga yashab kelgan Jorjettaga uylandi, kelin bo‘lmish bu ayol Eto’Odan to‘rt farzand ko‘rgan. To‘yda shahar meridan tashqari, futbolchining yaqin do‘stlari qatnashdi.
Eslatib o‘tamiz, Eto’O “Real”, “Barselona”, “Inter” va “Chelsi” jamoalarida o‘ynagan.
Izoh (0)