AQSh prezidenti Barak Obama o‘zidan keyin davlat rahbari sifatida sobiq davlat kotibi Hillari Klintonni ko‘rishni istashini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda ABC telekanali.
Hillari Klintondan “ajoyib prezident” chiqishini e’tirof etgan Obama u bilan doim gaplashib turishini va uni do‘st deb hisoblashini aytgan. “U hamma masalalarda ham mening fikrimni ma’qullayvermaydi. Ammo, bilasizki, prezidentlikka nomzod shaxs o‘z pozitsiyasini ilgari surishi mumkin”, − dedi prezident.
Shuningdek, u keyingi prezident Demokratlar partiyasidan bo‘lishini istashini va buning uchun qo‘lidan kelgan barcha choralarni ko‘rishini ma’lum qilgan. Biroq saylovlarda o‘zining ta’siri yuqori bo‘lmasligini ham tan olgan.
Izoh (0)