Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

32 yoshli xonanda, aktrisa va teleboshlovchi Vera Brejneva Birlashgan millatlar tashkilotining OIV/OITSga qarshi kurash dasturining Ezgu iroda elchisi etib tayinlandi. Aktrisa endilikda Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarida tibbiy va ijtimoiy tashviqot olib borish bilan shug‘ullanadi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.

Vera Brejneva. Foto: elise.com.ua

Vera Brejneva. Foto: elise.com.ua

Elchi lavozimi Vera Brejnevaga odam immun tanqisligi virusi profilaktikasi bo‘yicha tashkil etiladigan kampaniyalarda ishtirok etish majburiyatini yuklaydi. Xonanda asosiy e’tiborni OIV infeksiyasi bilan kasallangan ayollar muammolariga qaratadi. Shuningdek, u virusning onadan bolaga o‘tishini oldini olish dasturi faoliyatini nazorat qiladi.

O‘z navbatida, Vera Brejneva bugungi kunning dolzarb muammolarini hal qilishda BMT faollariga yordam berish u uchun katta sharaf ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda 12 yoshli qizning murdasi zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan topildi
Mahalliy
Andijondagi zapravkada navbatsiz kirishga uringan haydovchi bir necha IIB xodimlari tomonidan ushlandi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda narxlarning o‘sishi sur’ati yanvar oyida pasaya boshladi