32 yoshli xonanda, aktrisa va teleboshlovchi Vera Brejneva Birlashgan millatlar tashkilotining OIV/OITSga qarshi kurash dasturining Ezgu iroda elchisi etib tayinlandi. Aktrisa endilikda Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarida tibbiy va ijtimoiy tashviqot olib borish bilan shug‘ullanadi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Elchi lavozimi Vera Brejnevaga odam immun tanqisligi virusi profilaktikasi bo‘yicha tashkil etiladigan kampaniyalarda ishtirok etish majburiyatini yuklaydi. Xonanda asosiy e’tiborni OIV infeksiyasi bilan kasallangan ayollar muammolariga qaratadi. Shuningdek, u virusning onadan bolaga o‘tishini oldini olish dasturi faoliyatini nazorat qiladi.
O‘z navbatida, Vera Brejneva bugungi kunning dolzarb muammolarini hal qilishda BMT faollariga yordam berish u uchun katta sharaf ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)