O‘zbekistondagi UzMobile CDMA-operatori (“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining filiali) Toshkent shahri va Navoiy viloyatida yangi raqamlar ochilishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Mobinfo.uz.
Toshkent shahri uchun ajratilgan yangi raqamlar 145-XX-XX va 197-XX-XX, Navoiy viloyatidagi yangi raqamlar esa 610-XX-XX ko‘rinishida bo‘ladi.
Bundan avvalroq “Aloqabank” “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi va Xitoyning Huawei Technologies kompaniyasi o‘rtasidagi UzMobile negizida tashkil etilayotgan milliy mobil aloqa operatoriga telekommunikatsiya uskunlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomani moliyalashtirish uchun 17,647 million dollar taqdim etishi xabar berilgandi.
Rejalarga ko‘ra, yangi operator o‘z faoliyatini 2015-yilda boshlaydi.
Izoh (0)