Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisov Shveysariya prezidenti, YXHTning amaldagi raisi Didye Burkxalter bilan uchrashuvda Ostona Ukrainadagi mojaro tinch yo‘l bilan hal qilinishi tarafdori ekanligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
“Ukrainadagi vaziyat muhokamasi chog‘ida tashqi ishlar vazirligi rahbari Qozog‘iston ushbu mamlakatdagi mojaroni faqat tinch yo‘l bilan milliy dialogni rivojlantirish asosida boshqa davlatlarning konstruktiv vositachiligida hal qilish tarafdori ekanligini ta’kidladi”, − deyiladi TIV xabarida.
Shveysariyaning YXHTdagi raisligi haqida gapirganda, Idrisov Ukraina mojarosi bois 2014-yil ancha og‘ir bo‘lganini, tashkilotning hozirgi rahbari tomonidan ushbu mojaroni hal qilish uchun olib borayotgan faoliyatini Qozog‘iston to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan.
Izoh (0)