Osiyo Futbol Konfederatsiyasi rasmiy saytida O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Rossiyaning “Krasnodar” klubi futbolchisi Odil Ahmedovga bag‘ishlangan maqola chop etildi.
“Osiyo kubogi ishtirokchisi to‘g‘risida” rukni ostida berilgan maqolada Odil Ahmedovning 2011-yilgi Osiyo Kubogi ochilish o‘yinida Qatar darvozasiga yo‘llagan ajoyib goli va butun musobaqa davomidagi ishtiroki tasvirlangan.
Osiyo chempionatidagi o‘yinlari bilan Ahmedov “Arsenal” bosh murabbiyi Arsen Vengerning nazariga tushgani, keyin esa Maxachqal’aning “Anji” klubiga o‘tib, nomdor futbolchilar bilan yelkama-yelka to‘p surgani va 2014-yilda “Krasnodar”ga o‘tgani aytilgan.
OFK vakillarining fikricha, Odil 2015-yilgi Osiyo kubogida Xitoy, KXDR va Saudiya Arabistoni bilan bir guruhdan o‘rin olgan O‘zbekiston terma jamoasining eng tajribali futbolchilaridan hisoblanadi.
Izoh (0)