Belorussiyada milliy go‘zallik tanlovlarini tashkillashtirib, xalqaro musobaqalarga ishtirokchilarni tayyorlovchi “ONT” telekenali matbuot kotibi Yuliya Dubovskaya Minsk “Missis Dunyo” tanloviga hech kimni jo‘natmaganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Avvalroq, AQShning Merilend shtatida turmush qurgan ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan “Missis Dunyo − 2014” tanlovida belorussiyalik 31 yoshli Marina Alekseychik oliy unvonga loyiq ko‘rilgani, u 4 yil oldin turmushga chiqqan bo‘lib, hozirda teleboshlovchi sifatida faoliyat ko‘rsatishi xabar berilgan edi.
Dubovskayaning so‘zlariga ko‘ra, odatda xalqaro tanlovlar tashkilotchilari ushbu telekanalga Belorussiyadan nomzodni so‘rab murojaat qilib turgan. Merilenddagi tanlov tashkilotchilari esa bunday murojaat bilan chiqmagan.
“Biz bu ayolni tanimaymiz. Bu g‘alati holat va bizga unchalik tushunarli ham emas. Odatda Belorussiyadan xalqaro tanlovlarda milliy musobaqa g‘olibasi qatnashadi. ‘Missis Belorussiya − 2014’ deb esa Yuliya Peregudova topilgan”,− dedi telekanal matbuot kotibi.
Izoh (0)