Chexiya Ichki ishlar vaziri Milan Xovanets nomiga kelgan pochta jo‘natmasi ichida sianid zaharli moddasi borligi aniqlandi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
“Ichki ishlar vazirligiga mening nomimga jo‘natma keldi. Uni yuborgan shaxs Shimoliy Yevropa mamlakatlaridan birida yashashi taxmin qilinmoqda”, − dedi vazir.
Jo‘natma ochilish oqibatida hech kim zarar ko‘rmagani aytilgan. Unga biror yozuv yoki maktub ilova qilinmagan. Xovanetsning so‘zlariga ko‘ra, bu oxirgi vaqtlarda zararsizlantirilgan guruhlardan birining vakillariga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)