Tailandning Pxuket shahrida davom etayotgan sohil sport turlari bo‘yicha Osiyo o‘yinlarining sohil futbolida O‘zbekiston terma jamoasi chorak finalda imkoniyatni boy berdi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
BAAga qarshi qumli maydonchaga chiqqan Ahad Yusupov shogirdlari 4:6 hisobida yutqazdi. O‘yinning ilk daqiqasidayoq Amirlik futbolchilari hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ikki daqiqa o‘tib Jamoliddin Sharipov hisobni tenglashtirdi.
Shundan so‘ng BAA futbolchilari sakkiz daqiqa ichida beshta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. O‘zbekiston sohil terma jamoasi hisobni tenglashtirishga harakat qildi, ammo ularga vaqt yetmadi. O‘zbekiston terma jamoasi uchta gol urib, hisobni 4:6 ko‘rinishiga keltirdi. Jamoliddin Sharipov va Tohir Abdurazzoqov o‘z hisoblariga ikkitadan gol yozdi.
Endi O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo o‘yinlarining 5—8-o‘rinlari uchun kechadigan bahslarda ishtirok etadi.
Sohil futboli, chorak final
BAA — O‘zbekiston: 6:4
Gollar: Jamoliddin Sharipov (3, 33-pen.), Tohir Abdurazzoqov (18, 31)
Izoh (0)