Kuni kecha Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazida 16-noyabr — Xalqaro bag‘rikenglik kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-musiqiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazi yetakchi mutaxassisi Feruza Fuzaylova xabar bermoqda.
Tadbir avvalida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zosi Muhammad Ali so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni ushbu kun va milliy bayroq qabul qilingan sana bilan qutladi. U o‘z nutqida O‘zbekiston bag‘rikeng diyor ekanligini, jamiyatda faoliyat olib borayotgan turli millat va elatlarning o‘z o‘rni va mavqei borligini, ularga nisbatan tenghuquqlilik va do‘stona munosabatlarning mavjudligini ta’kidlab o‘tdi.
Kechaning musiqiy qismida Qurolli kuchlar Ashula va raqs ansambli xonandalari, markaz huzuridagi “Aviva”, “Jemchujina”, “Molodost”, “Yulduzcha” raqs to‘garaklari a’zolari, “Kalinushkina” slavyan qo‘shiqlari ansambli, “Kimgan” koreys xalq dastasi o‘zlarining ajoyib chiqishlari bilan tomoshabinlarni xushnud etdi. Ayniqsa, badiiy chiqishlarning turli millatlar san’ati namunalaridan tashkil topganligi yig‘ilganlarga manzur bo‘ldi.
Izoh (0)