2015-yilgi mavsum futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati Oliy ligasida ishtirokchilar sonini ko‘paytirish haqida qaror qabul qilindi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
Unga ko‘ra, 2015-yili Oliy Ligada 14ta jamoa o‘rniga 16ta jamoa ishtirok etadi. Eslatib o‘tamiz, Oliy Liga ishtirokchilari soni 2009-yilda 16tadan 14taga qisqargan edi.
Oliy Liga − 2015 ishtirokchilari haqida batafsil ma’lumot keyinroq beriladi.
Izoh (0)