O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi — 2015’ga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov navbatdagi yig‘inlar haqida o‘z fikrlarini bildirdi, deb xabar beradi “Olamsport”.
“Musobaqaga juda kam vaqt qoldi. Shu bois har bir kundan unumli foydalanib qolishimiz kerak. Dastlab 24—29-noyabr kunlari Toshkentda qisqa muddatli yig‘in tashkil qilamiz.
So‘ngra 1-dekabrdan 14-dekabrga qadar Dubayda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini tashkil etamiz. Bu yig‘in doirasida ikki-uch uchrashuv o‘tkazamiz. 10-dekabrda Quvayt, 13-dekabrda Falastin bilan o‘yinlar bo‘lishi aniq.
17—29-dekabr kunlari Dubaydagi ikkinchi yig‘in bo‘lib o‘tadi. 20-dekabrda Iordaniya, oradan besh kun o‘tib Iroq, 28-dekabrda yana Iroq terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Keyin Yangi yil bayrami munosabati bilan yigitlarga uch kun dam beriladi. 2-yanvar kuni Osiyo Kubogida ishtirok etish uchun Avstraliyaga yo‘l olamiz”, — dedi Mirjalol Qosimov.
Izoh (0)